Navoiyda qo‘shni viloyatlar tajribalaridan kelib chiqib, yo‘llarda bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida reyslardan Damas avtomobillari asta-sekinlik bilan olib tashlanadi. Ularning o‘rniga Isuzu avtobuslarining o‘ttiztasi muomalaga kiritiladi. Bu haqda Navoiy viloyati YHXB texnik bo‘limi katta inspektori O. Usmonov “Pravda Vostoka” gazetasiga xabar berdi.
“Navoiy shahrining o‘zida yo‘lovchilarni tashish bilan ikki mingga yaqin avtomobil shug‘ullanadi, — dedi u. — Ushbu chora-tadbirlar bekatlarda jamoatchilik transportlarini kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi”.
Shaharliklar ixtiyorida yo‘nalishli taksilar qoladi.