Hind faylasuflarini aytishicha: kambag’allik – gunox. Har bir peshona terisi bilan pul topgan inson pulini ko’paytirish va saqlash yo’llarini izlaydi. Biz bu ro’yxatda tajribadan o’tgan va ko’pchilik tomonidan tasdiqlangan yo’llarni bayon qilishga harakat qildik.
1. O’z pul aylanmalaringiz bilan har doim qiziqib boring.
Bank yoriqnomlarini muntazam tekshirib ularni cheklaringiz bilan solishtirib turing. Bu sizga harjatlaringizni meyoridan oshib ketmasligiga va kerak emas harjatlarni oldini olishga yordam beradi.
2. O’ylab olishga tanaffus qiling.
Agar siz har - xil keraksiz narsalarni sotib olishdan o’zingizni tutib tura olmasangiz, yorqin o’ramdagi buyumni sotib olishdan avval o’zingizni bu hariddan to’xtatishga majburlang. Agar haridingiz qimmatli bo’lsa uni sotib olishdan o’zingizni tiyib, 3-4 kun o’ylab olishga vaqt oling. Bu vaqt ichida huddi shu mahsulot haqidagi narhlarni boshqa do’konlar bilan solishtirib undan arzonroq narh topishingizga ishonchimiz komil.
3. Haridlar ro’yhatini tuzing.
Har oylik sotib olinadigan mahsulotlar ro’yhatini tuzib, bu ro’yhat ichidan sizga kerak bo’lmaydigan mahsulotlarni o’chirib tashlang.
4. O’z qobiliyatingizni ishga soling.
Nima uchun o’z qobiliyat va iqtidoringizni mahsulot sifatida sotishga harkat qilmasligingiz kerak? Har doim bu mahsulotingizga hairdor topiladi-muhimi bu narsani unga kerakligini uqtira bilishdadur. Agar siz talaba yoki uy bekasi bo’lsangiz, qo’shimcha pul toppish yo’llari juda ko’p. Bunda do’stlaringiz ko’magiga tayanib hamda virtual tanishlar ko’magiga tayansangiz ham bo’ladi.
5.Hisoblarni o’z vaqtida to’lang.
Hisoblarni o’z vaqtida to’lash, ularni ustiga ustama narh qo’shilishidan va harajatlarni ortishidan sizni halos etadi.
6. Ish vaqtida harajatlaringizni ko’rib chiqing.
Ishdan uyga qaytganingizda, kunlik qilgan harjatlaringizni hisoblang. Kunlik kerak bo’lmagan harajatlarni belgilab, ularni qisqartirishga harakat qiling. Bu usul sizni harjatlaringizni keskin kamayishiga muhim omil bo’ladi.
7. Statsionar telfondan voz keching.
Uyali aloqalar asrida, eskilik sarqitiga aylangan bu vositalar voz kechish vaqti keldi. Aloqa uchun ishlatgan daqiqalaringiz miqdorida mablag’ to’lashga odatlaning. Bu ancha mablag’ingizni tejashga yordam berdi.
8. Yomon va qimmatga tushuvchi odatlardan voz keching.
Agar o’ylab ko’rsangiz zararli odatlarga anchagina mablag’ ketayotganini anglasangiz bas. Bu bilan mablag’ingizni havoga sovurayotganingizni biling, va bu odatlarni tashlashga o’zingizda iroda toping.
9. Kredit kartalaridan voz keching.
Kredit kartasidan ko’ra debetli kartadan foydalanganingiz ma’qul. Bu sizga mablag’ingizni tejashga yordam berib, kelajakda kredit kartalariga tegishli bo’lgan nohush hollardan: bu karta uchun foiz to’lashdan, hamda foizni to’lay olmasangiz mulkingizdan ayrilishingizdan sizni asraydi. Agar kredit kartasidan voz kecha olmasngiz, past foizli kartalardan foydalanishga harakat qiling.
10. Sug’urta polislari to’lovini oqilona to’lang.
Bu ishni yilda bir marta qilgan maqsadga muvofiq. Bir yillik sug’urta polisini sotib olib, siz ancha mablag’ tejysiz. Avtomobil sug’urtasini esa yarim yilda yangilagan ma’qul. Shunda siz yil davomida qancha iqtisod qilganingizni ko’rasiz!
Mirmuhamamd Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus