Bugun, 12 iyun, Rossiya Federasiyasida Rossiya kuni sifatida nishonlanadi. Joriy yilda ushbu bayram munosabati bilan Rossiya harbiylari O'rta Osiyo taomlari bilan mehmon qilinadi. Bu haqda polkovnik Yaroslav Roshchupkin ma'lumot berdi.
“Bugun askarlarimiz yangi taomlar bilan mehmon qilinadi. Bular borshch va solyankaning bir nechta turlari, stroganovcha mol go'shti, sibircha chuchvara va pishiriqlardir. Bundan tashqari, O'rta Osiyodagi harbiy bazalarda xizmat o'tayotgan askarlar va serjantlarga ugra oshi, sho'rva, palov va qovurdoq beriladi”, – uning so'zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Polkovnikning qo'shimcha qilishicha, tilga olingan taomlardan tashqari, askarlar dasturxonida olmalar, apelsinlar, mandarinlar, bananlar, shokoladlar, vafli va boshqa shirinliklar bo'ladi.