Rossiyaning Omsk oblasti Isilkul rayonida yashovchi yetti yoshli bola tok urishidan keyin tanasiga metall buyumlar yopishib qola boshladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Men buni xohlamasam ham, hamma narsa o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi. Bir kuni hattoki stakan menga yopishib qoldi. U o‘zidan-o‘zi men tomon harakatlandi. Men superqahramon bo‘lish haqida o‘ylayapman”, − dedi bolaning o‘zi.
Magnit-bolaga vilka, qoshiq va tangalar osonlik bilan yopishib qoladi. Hozirda ikkinchi sinf o‘quvchisi og‘irroq buyumlarni tortishni mashq qilyapti. Shuningdek, u boshqalarni ham vaqtinchalik magnitga aylanishga o‘rgatayotganini aytgan. Jumladan, sinfdosh qizlardan birining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlardan keyin u burnining uchi bilan qoshiqni o‘ziga tortishni o‘rgangan.
manba:daryo.uz