Kurd o‘zini himoya qilish otryadlari Anqaradagi teraktga aloqador emas. Bu haqda “Demokratik ittifoq” kurd partiyasi yetakchisi Solih Muslim Muhammad ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Turk rasmiylarining ayblovlarini suriyalik kurdlar mutloq inkor etadi. Anqaradagi portlash oldinroq IShID uyushtirganlariga o‘xshash. Bizning bu portlash, umuman, Turkiya hududida sodir bo‘layotgan boshqa hodisalarga aloqamiz yo‘q”, — deya ta’kidlagan Solih Muslim Muhammad.
Oldinroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li “Demokratik ittifoq”ning jangovar qanoti — o‘zini himoya qilish otryadlarini mamlakat janubi-sharqida harakat qilayotgan kurd ayirmachilari bilan hamkorlikda Anqaradagi teraktni uyushtirishda aybladi. Shuningdek, portlashdan so‘ng 9 kishi qo‘lga olinganini bildirdi, biroq buning tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
Manba