Akter Tom Xiddlston, Deniel Kreygning o'rniga Jeyms Bond rolini ijro etishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqida The Guardian nashri xabar tarqatdi, deb yozadi "KUN.UZ".

Xiddlstonning aytishicha, u 007 haqidagi filmlarning muxlisi va bordiyu Bond roliga qabul qilishsa, jarayonga jiddiy kirishadi.
«Agar bu sodir bo'lsa, juda ajoyib imkoniyat bo'lardi», deydi u.
Nomzod aktyorlar qatorida Tom Xardi, Idris Elba, Damian Lyuis, Eydan Terner va Genri Kavill singari aktyorlar ham bor.