Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Italiyaning “Latsio” jamoasi muxlislarining irqchilik ruhiyatidagi shiorlari tufayli klubga qarshi ish boshladi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Latsio” klubi Yevropa Ligasi nimchorak final dastlabki o‘yinida Chexiyaning “Sparta” jamoasiga qarshi (1:1) safarda bahs olib bordi. Rim klubi muxlislari ushbu o‘yinda irqchilik ruhiyatidagi shiorlarni hayqirib aytgani uchun UEFA “Latsio”ga qarshi ish boshladi.
O‘yinni boshqargan hakam Alberto Undiano Malyenko “Sparta” futbolchisi Kosta Namoynesga qaratilgan haqoratlar tufayli o‘yinni bir daqiqa to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. UEFA mazkur ish yuzasidan 22-mart kuni qaror qabul qiladi.