UEFAdagilar xavfsizlikka tahdid yuzaga keladigan bo‘lsa, Fransiyadagi Yevropa—2016 chempionati matchlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi yoki boshqa vaqt va hatto mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chirilishi mumkinligini tasdiqladi, deb yozadi“Chempionat”.
Bunday choralar turnir tashkiliy qo‘mitasining aksilterrorchilik rejasida ko‘zda tutilgan. 2-mart kuni Fransiya futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionatining final qismi boshlanishiga qadar 100 kunlik teskari sanoqni boshladi. Shu munosabat bilan turnir direktori Martin Kallen tashkilotchilar o‘yinlarni bo‘sh tribunalar bilan o‘tkazish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
“Biz barcha ishtirokchilar (muxlislar, futbolchilar va hokazo)ning xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Shu bilan birga, ishlab chiqilgan xavfsizlik choralari xavfsiz va bayramona Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lishiga ishonchimiz komil”, — deyiladi UEFA xabarida.
Manba