Gavayi transport departamenti mahalliy fuqarolarning biriga haydovchilik guvohnomasini yangilash uchun familiyasini qisqartirishni iltimos qildi. Jenis "Lokelani” Kiexanaykukauakaxixulixiikfxaunaele ismli ayol oxirgi 20 yil ichida shaxsini tasdiqlovchi birdaniga ikkita hujjatni, ya'ni davlat indentifikatsiya kartasi va haydovchilik guvohnomasini o'zi bilan olib yurishga majbur edi, chunki haydovchilik guvohnomasida ism o'rniga faqat uning familiyasi (u ham to'liq emas) ko'rsatilgandi.
Jenisning aytishicha, ushbu holat yo'l politsiyasi xodimlari bilan normal muloqotga to'sqinlik qilgan. U ofitserlarga hujjatlarini taqdim etganida, xodimlar ayolning ismi haqidagi to'liq ma'lumotni ololmay boshi qotar ekan.
Ayoldan familiyasini qisqartirishni yoki o'zgartirishni so'rashganida, bunday talab orollarning mahalliy aholisiga nisbatan hurmatsizlik bo'lishini aytib, uni rad etgan. "Kiexanaykukauakaxixulixiikfxaunaele” familiyasi ayolning marhum erining to'liq ismi bo'lib chiqdi.
Manba:Darakchi.uz