Bonn universiteti olimlari mayya qabilasiga mansub hindular o'z dushmanlarini tom ma'noda parchalab tashlagan degan xulosaga keldi.
Ushbu fakt 24 kishining qoldiqlarini o'rganish davomida ma'lum bo'ldi. Hindular qurbonlarining suyaklari Meksikadagi g'ordan topilgan. Suyaklarni tahlil qilish ishlari ularning 13-asrda yashagan odamlarga tegishli ekanini ko'rsatdi. Odam qoldiqlari batafsil o'rganilganida, ularning qo'llari, oyoqlari va boshlari kesib olingani aniqlandi. Olimlarning fikricha, halok bo'lganlar harbiy asirlar bo'lgan, biroq ularni qurbonlikka keltirishmagan. Qayd etib o'tamiz, mayya qabilalari o'zlarining yozma yodgorliklari, arxitekturasi, matematik va astronomik tizimlari bilan butun dunyoga tanilgan. Bundan tashqari, mayya hindulari mistikani yoqtiradigan kishilarning ham e'tiborini tortib keladi. Xususan, mayya hindularining 2012 yil 23 dekabrda yakunlangan taqvimi sabab, o'tgan yili butun dunyo bo'ylab odamlarning ko'pchiligi oxir zamon bo'lishini kutgan edi.
Manba: Darakchi.uz