Bugatti kompaniyasining yangi giperkari – Chiron’ning narxi 2.2 mln evroni tashkil qiladi. Bu haqda Car nashri xabar bermoqda. Qiyos uchun, 10 yil muqaddam chiqarilgan dastlabki Veyron’larning narxi 1.3 mln evroga teng edi.
Ayni kunlarda kompaniya o'z shtab-kvartiralarida modelning potentsial mijozlarga mo'ljallangan yopiq taqdimotini o'tkazmoqda. Modelning ommaviy debyuti keyingi martida Jeneva motorshousida o'tkaziladi.
Yangi giperkar 1.5 ming ot kuchiga ega kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. Uning tarkibiga 8 l li W16 dvigateli 7 diapazonli robot o'tkazmalar qutisi kiradi.
Chiron 2.3 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Mashinaning maksimal tezligi 440 km/soatni tashkil qiladi, ammo spidometr 500 km/soatga mo'ljallanadi.
Mashina 500 adadda ishlab chiqariladi.