Laser Power Sytems (LPS) kompaniyasi kelajak avtomobillari uchun Toriy-232 elementida ishlaydigan yangi avtomobil dvigateli loyihasini ishlab chiqmoqda. Toriy yer sharining eng og‘ir elementlaridan biri hisoblanib, davriy jadvalning oktanoidlar turkumidan o‘rin egallagan radiaktiv modda bo‘lib, uning yordamida juda katta issiqlik quvvati olish mumkin.
Hozirgi kunda bu loyihani amalda sinash ishlari davom etmoqda. Bunaqa dvigatel o‘rnatilgan avtomobil yonilg‘isi bir asrga yetadi. Chunki…
CEO bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, Toriy elementining bir grammi 28000 litr benzin bilan barobar. Agar, yangi avtomobil dvigateliga 8 grammi sarflansa 100 yilga yetadi.
Shuningdek, bu loyihani nafaqat avtomobil sanoatida, balki uy, biznes, yuk mashinalari, kemalar, harbiy mashinalar va xattoki samalyotlarda ham qo‘llash mumkin.
“Look At Me” nashrining ta’kidlashicha, bu g‘oya yangilik emas. Bundan oldin Cadillac kompaniyasi ham xuddi shu kabi texnologiyani “World Thorium Fuel Concept Car” ko‘rgazmasida namoyish etgan edi.
manba: enne.uz