Afg‘onistonning Pokiston bilan chegarasi yaqinidagi Kunar viloyatida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida 11 kishi nobud bo‘ldi. Ularning aksariyati tinch aholi vakillari, bolalar bo‘lgani bildirilmoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Viloyat gubernatori Vohidulla Kalimzayning aytishicha, xudkush Asadobod shahridagi hukumat kuchlari majmui yaqinida o‘zini portlatib yuborgan. Kamida 40 kishi jarohat olgan.
Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Biroq teraktdan asosiy maqsad halok bo‘lganlardan biri — mahalliy qabila oqsoqoli va dala qo‘mondoni Hoji Xonjon ekanligi ta’kidlanmoqda. U o‘tgan yili o‘z hududida “Tolibon” harakatiga qarshi qator operatsiyalarda ishtirok etgandi.
Oldinroq Afg‘oniston poytaxtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Manba