Keyingi hafta boshida Pokiston poytaxti Islomobodda o‘tkazilishi mo‘ljallangan Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasidagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar mart oyining oxiriga ko‘chirildi. Bu haqda 5-mart, shanba kuni “Vedomosti” xabar berdi.

Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi vakilining so‘zlariga qaraganda, muzokaralar 15-martdan avval o‘tkazilmaydi.
Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad, birinchi navbatda, o‘zaro to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘ladi.