Amerikalik Bleyk Uillki San-Diego ko'chalarida mashinani xavfli boshqargani uchun 49 kunga qamaldi, deb yozadi "KUN.UZ".
Kaliforniyada yashovchi 27 yoshli yigit ochiq ko'chalarda 800-kuchli baggi mashinasida bajargan turli tryuklarini YouTube’ga joylashtirgan. Hozirgacha video 1,3 million martadan ortiq tomosha qilingan, deb xabar beradi 10News.
Baggi kuzovining yon qismida yozilgan ism orqali politsiya darrov yuragi qaynoq yigitning shaxsini aniqladi. Bandan tashqari, uning ayni shu videoni suratga olishda qatnashgan ikki do'sti ham xavfli tryuklar, jumladan, mashinani sakratish, kuchli sirpantirishni bajarganda rulda Uillki bo'lganini tasdiqlab unga qarshi ko'rsatma berdilar.
Umuiy hisobda qonunbuzarga 26 ta ayblov e'lon qilinib, u faqat to'rttasida, xususan, tezlikni namoyishkorona oshirish”da aybdor deb topildi. Uillki 2014 yilda yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzgani uchun ham sudlangan edi, endi bu qilmish uning shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqish shartlarini ham buzdi.
Yigitga 21 oy qamoq jazosi xavf solib turganda, sud uni bir yarim oy muddatga jazoladi. Bu muddatning ikki hafta dam olish kunlarinigina qamoqda, qolgan muddatni uy qamog'ida o'tkazadi. Shuningdek, Uillkini kamida yarim yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etib, uch yil sinov muddati berishlari ham mumkin.