15-fevral, yakshanba kuni internetda sirli Dodge Caravan miniveni aks etgan videolavha paydo bo‘ldi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Avvalroq OAVlar uning Apple kompaniyasiga tegishli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Havaskor tomonidan olingan videoda mashina turar joy mavzesidagi ko‘chada harakatlanib, kirishni taqiqlovchi belgiga duch kelgach, qayrilib, teskari yo‘nalishga ketganini ko‘rish mumkin.
AQShning Kaliforniya shtati Palo-Alto shahri ko‘chalari bo‘ylab yurgan ushbu avtomobil nimaga mo‘ljallangani haqida ishonchli ma’lumotlar bugungi kunda yo‘q. Uning tomiga mashina atrofini suratga oluvchi kuzatuv kameralari tizimi o‘rnatilgan.