Bugungi zamon kishisining hayoti shiddat bilan kechmoqda. Biz har kuni bajarilishi lozim bo'lgan ko'plab ishlar va majburiyatlar qurshovida qolamiz ularni tayyorgarliksiz uddalash qiyin bo'ladi. Afsuski, kamdan-kam kishilargina bu haqda bosh qotirishadi. Lekin nafaqat ishingizni, balki shaxsiy hayotingizni ham tartibga keltirish uchun bir kunda atigi o'n daqiqa yetarli bo'ladi. Quyidagi 10ta odatni o'zlashtira olsangiz, afsuslanmaysiz.
Meditatsiya
Atigi 10 daqiqa ichida siz fikrlaringizni tartibga solib, miyangizni tinchlantirishingiz mumkin. Meditatsiya ish samaradorligini ham oshiradi.
Salomatlik
Ko'zlar, bel, qo'llar ofisda ishlaydigan insonning deyarli butun tanasi zo'riqishga uchraydi. Bir soatda atigi o'n daqiqa vaqtingizni yengil jismoniy mashqlarga ajrating: bu sizning salomatligingizni kelgusidagi jiddiy muammolardan asraydi.
Vaqtinchalik to'siqlar
Bu yerda bir oz ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Kun davomida bajaradigan har bir ishingiz uchun tegishlicha vaqt ajrating va rejangizdan og'ishmang. Bir haftadan so'ng ongingiz sizni tezroq ishlashga o'rgatadi va siz ajratilgan vaqtni aniq his qila oladigan bo'lasiz.
Tez o'qish
Ko'pincha qisqa muddat ichida katta hajmdagi ma'lumotni o'zlashtirishimizga to'g'ri keladi. Odatdagidan ko'ra tezroq o'qishga va ma'lumotlarni tezroq qabul qilishga urinib ko'ring. Bunda audiokitoblardan foydalanish yordam beradi: kitob o'qish tezligini uch martaga oshiring. 5-10 daqiqadan keyin ongingiz bunday tezlikka moslashadi va tezroq ishlay boshlaydi.
Zakovat
Muntazam ravishda zakovatni oshirib borish uchun kuniga o'n daqiqa yetarli. Kunni internet orqali nodir ma'lumotlarni o'qishdan boshlashni odat qiling bir haftadayoq keyingi oylarda o'rganganigizdan ko'ra ko'proq bilimga ega bo'lasiz.
Vazifalarni taqsimlash
Bu maslahatimiz o'ta katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlaydiganlar uchun foydali. Birinchi navbatda ishingizning muhim jihatlarini ajratishni o'rganing. Shundan keyin qaysi ishni o'zingiz, qaysi ishni esa hamkasblaringiz yoki qo'l ostingizdagilar bajarishi mumkinligini aniqlab olasiz. Bunday tahlil odatda 10 daqiqadan ortiq vaqtingizni olmaydi.
Mas'uliyatli bo'lish
Biz ko'pincha amalga oshirolmagan ishimiz uchun bahonalar topamiz. Ishingiz yurishmaganligi uchun aybdor qidirish o'rniga xatolarni tahlil qilib chiqing. Albatta, bu aytishga oson, lekin bajarsa bo'ladi.
&slab qolish texnikasi
&slab qolish texnikasini o'zlashtirish ham zarar qilmaydi. Bu texnika sizga muhim narsalar, odamlarning ismlari va boshqa ma'lumotlarni esdan chiqarmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, xotirani kuchay tirish miyaning kundalik voqealarga javob berish darajasinga ta'sir ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, xotirangizni kuchaytiring aqlli bo'lasiz.
Rejalashtirish
Har oqshom rejalashtirish samarali kunning asosidir. Ko'pchilik kishilar rejalashtirish ko'p vaqtni oladi deb hisoblashadi. Biroq aslida ertangi kun ishlarini rejalashtirib yoib chiqish uchun 7-10 daqiqa yetadi. Bu o'z navbatida, mayda-chuydalarga chalg'imaslikka va belgilangan maqsad sari harakatlanishga yordam beradi.
Pomodoro texnikasi
Hayotida biror narsaga erishishni maqsad qilgan har qanday inson uchun taym-menejment juda muhimdir. Ayni paytda vaqtni nazorat qilishning eng yaxshi texnikasi Pomodoro texnikasi bo'lib turibdi. Uni egallash juda oson: taymerni 25 daqiqalik oraliqqa qo'yib qo'yasiz mana shu oraliq vaqt ichida hech narsaga chalg'imasdan faqat ish qilasiz.