Joriy yilning 18 yanvarida Xitoyning Xenkin shahrida dunyodagi eng katta oekanarium ish boshladi. Okeanarium Xitoyda eng katta hisoblangan Chimelong Hengqin Bay Hotel dengiz mehmonxonasining bir qismi bo‘lib, “Chimelong Okean Qirolligi“ deb nomlanadi.
Okeanarium nafaqat dunyodagi eng katta, balki eng qimmat okeanarium sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Okeanarium uchun 810 million aqsh dollari sarflangan bo’lib, u 3 yil davomida qurib bitkazildi.
132 gektar maydonni eggallagan hamda 22,7 million litr suv sig’imiga ega okeanarium 7 ta qismdan iborat bo’lib, har bir qism okeanning bir qismini o’zida aks ettiradi. Shuningdek, okeanariumda 5D kinoteatr va suv jonivorlari sirki ham mavjud. Mehmonxonani esa 1 kilometkrlik suv yo’li Okeanarium Qirolligiga olib chiqadi. Mehmonlar esa suv taksilari orqali okeanariumga sayohat qilishlari mumkin.
Okeanariumga biletlar narxi kattalar uchun 200 RMB($32), bolalar uchun esa 100 RMB($16).
manba: dailymail.co.uk, chimelong.com