AQShning General Motors korporatsiyasi turli nosozliklar sababli Shimoliy Amerika bozoridan 100 mingga yaqin avtomobilni qaytarib olishi haqida e'lon qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru.
Qaytarib olinadigan avtomobillar orasidan 2012 yilda ishlab chiqarilgan 36 ming ta Buick Verano, Chevrolet Cruze, Chevrolet Sonic va Chevrolet Camaro modellari mavjud. Ularda xavfsizlik yostiqchasi bilan bog'liq nosozlik kuzatilgan.
Shuningdek, 2014 yilda ishlab chiqarilgan 70 ming ta Chevrolet Tahoe, Chevrolet Suburban, GMC Yukon, Chevrolet Silverado va GMC Sierra modellari qaytarib olinadi. Ushbu avtomobillar qaytarilishiga xavfsizlik kamari taqilmaganligi va mashina eshiklari yopilmaganligi haqida ogohlantiruvchi ovoz signallaridagi nosozliklar sabab bo'lgan.
Yaqindagina, General Motors o't oldirish tizimidagi nosozlik to'g'risidagi hisobotdan so'ng 15 nafar top menejerni o'z lavozimidan ozod qildi.