SHvedsiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini Londonda davom ettirish istagida, deb yozadi "Championat.asia".
34 yoshli forvard poytaxt klublaridan birini tanlab, Premer-ligada to'p tepmoqchi. Ammo futbolchi qaysi jamoani tanlagani nomalum. Oldinroq "CHelsi" rahbariyati shvedga 12,5 mln. evrolik maoshga ega 2 yillik shartnoma taklif qilgani elon qilingan edi. SHu bilan birga uning xizmatlariga "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Milan" va MLS klublari qiziqish bildirmoqda.
Ibragimovichning PSJ bilan kelishuvi iyun oyida yakuniga etadi.