2015 yilda "Monopoliya" o'yini o'zining 80 yilligini nishonlamoqda. Aslida o'yin 1933 yilda amerikalik muhandis Charlz Darrou tomonidan o'ylab topilgan. Vaqt o'tgani sari o'yin ommalashib, 1973 yildan "Monopoliya" bo'yicha jahon chempionati ham o'tkazila boshlandi. O'yin dunyoning 47 tiliga o'girilib, 114 mamlakatda savdoga chiqarildi. O'tgan davr mobaynida "Monopoliya"ning ko'plab versiyalari ishga tushirildi. Jumladan, 2000 yilda "The.com" namunasi chiqdi.

1991 yilda Parker Brothers kompaniyasi Amerikaning Hasbro kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Har yili 30 milliard “monopoliya dollarlari” ishlab chiqariladi. Bu har yili AQShda chop etiladigan haqiqiy pullardan 30 foiz ko'p demakdir.
An'anaviy “Monopoliya” o'yinida yutuq jamg'armasi 20580 dollarni tashkil etadi. Ushbu o'yin bo'yicha jahon chempionati g'olibi ham aynan shuncha miqdorda pul mukofotiga ega bo'ladi.
Iqtisodiy strategiya janridagi o'yinni ikki nafardan sakkiz nafargacha kishi o'ynashi mumkin. Ularning har biri boshlang'ich kapitaldan ratsional foydalangan holda boshqa o'yinchilarni bankrotga uchratishga harakat qiladi.
Bunda xususiy mulkni xarid qilib, boshqa o'yinchilar mos keluvchi maydonga kelguniga qadar ulardan ijara pulini olish; ijara haqini oshirish uchun mulk jamlanmalarini yig'ish, shundan so'ng ulardan uy va mehmonxonalar qurib, ular orqali daromadlarni yanada oshirish talab qilinadi.