2006-yilning oxirida Britaniyaning Manchester shahrida qurib bitkazilgan 169 metrli Bitxam Minorasi o‘z dizaynidagi xatoliklar tufayli, kuchli shamol esgan vaqtda “hushtak chala” boshlaydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
YouTube’ga 29-noyabr kuni joylanib, ikki kunda 350 ming marta tomosha qilingan video inshootni loyihalashtirishda xatolik mavjud bo‘lganining birinchi dalili emas. Jarayonga rahbarlik qilgan me’mor Yan Simpson jamoatchilik oldida uzr so‘radi.
150 million funtga tushgan minora, shamol tezligi soatiga 30 mildan oshganida “hushtak chalishni” boshlaydi. U chiqaradigan tovush turli fantastik filmlardagi NUJlar shovqiniga o‘xshab ketadi.
Muhandislarning minora chiqaradigan tovushni yo‘q qilish qo‘llaridan kelmadi.