Rossiya TIV 2 Osiyo boʻlimi boshligʻi Zamir Qobulov Moskva Eronga S-300 zenit-raketa komplekslarini yetkizib berishini xabar qildi, deb ma'lumot tarqatdi "Sputnik News".
Oldinroq, Eron Mudofaa vaziri Xoseyn Dexgan Rossiyaning S-300 zenit-raketa komplekslari Eronga 2016 yilning birinchi choragida yetkizib berilishi haqida xabar bergan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2007 yilda Rossiya va Eron uch batareya S-300 zenit raketa majmualarini yetkizib berish haqida qiymati 900 mln boʻlgan shartnoma tuzishgan edi. 2010 yilda ushbu zamonaviy qurol yetkizib berish shartnomasi Eronning yadro quroli atrofidagi shov-shouvlar tufayli, hamda AQSH va Isroil bosimi ostida, Rossiya tomonidan vaqtincha toʻxtatilgan edi.
2015 yil aprelida Rossiya prezidenti Putin ushbu shartnomani ijro etish haqida alohida qarorga qoʻl qoʻyganidan keyin yetkizib berish jarayoni davom ettirildi. Eron mudofaa vaziri oʻshanda uchta batareya S-300 oʻrniga toʻrtta yangilangan S-300 batareyasi yetkizib berishga kelishilganligini xabar bergandi. Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha yordamchisi ham ushbu borada “S-300ga bir qator oʻzgarishlar kiritildi, texnik va taktik xususiyatlari yaxshilandi” degandi.
Bir batareya S-300 kompleksi boshqaruv punkti, 3D radar va toʻrttagacha raketa tashuvchi avtomobildan tashkil topgan. Har bir raketa avtomobil olti raketa bilan jihozlangan. Raketalar turli xil boʻlishi mumkin. Majmua oʻzining 3 koordinatalar tizimida masofa aniqlovchi radari yordamida 200-400 km hududni nazorat qilib turishi va shuncha masofagacha zarba berishi ham mumkin.
S-300 majmuasi dastlab Sovet ittifoqi davrida "Almaz" ilmiy markazda ishlab chiqarilgan, keyinchalik bir necha bor zamonaviylashtirilgan. Hozirgi kunda uning S-400 nomli yangi avlodi ham mavjud. Kompleks aeroport, harbiy inshootlar va boshqa zarur davlat obʼyektlarini har qanday samolyot va raketa hujumidan himoya qilishga moʻljallangan.
Rossiya S-300 komplekslari hozirgi kunda Xitoy va Vʼyetnamga sotgan. Xitoy, sotib olingan ZRK lardan tezgina nusxa koʻchirib oʻzining ZRKlarinini yangilab, FD-2000 majmuasini ishlab chiqardi.Uning tashqi koʻrinisha va ishlashi S-300ga juda oʻxshash.
2015 yil 23 dekabrida Rossiya Qozogʻistonga beshtadan oʻntagacha S-300 ZRK batareyasini sovgʻa qilganini Rossiya Mudofaa vaziri Sergey shoygu tasdiqlagan edi. Ushbu ZRKlar Rossiya-Belorussiya-Qozogʻiston Umumiy Havo mudofaasi tizimida ishlatishga moʻljallangan. S-300 zenit-raketa komplekslari Belorussiya va Ukraina harbiy qoʻshinlari tizimida ham bor.