Beeline Business kimyoviy, neftkimyoviy, gazni qayta ishlab chiqaruvchi va boshqa sanoat sohalari uchun bosim idishlari va apparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi korxona “Neft-gaz va Kimyo Muhandisligi Zavodi” АJ uchun uyali aloqa xizmatlarini ta’minlovchisi sifatida tanlandi.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: ““Neft-gaz va Kimyo Muhandisligi Zavodi” АJ jo‘shqin va muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda, korxonalarning telekom-xizmatlarga ehtiyojlari o‘smoqda, va yanada ko‘p kompaniyalar o‘z aloqasini Beeline Business‘ga ishonmoqdalar.Har bir mijozga individual yondashish va innovatsiyalarni joriy qilish bu tanlovni aniq va foydali qilmoqda. Bu istiqbolli korxona bilan kelgusidagi hamkorligimizning kengayishiga umid qilaman”.