Ertalab nonushta qilishga odatlanganlar qonda xolesterin, qand miqdori oshib ketishi va ishtaha hissini chaqiruvchi gormon – grelindan havotirlanmasa ham bo’ladi. Nonushta qilimaydiganlarda esa, aksincha, turli bezovtaliklar kelib chiqishi mumkin.
Tana vaznining nonushta vaqtiga bog’liqligi yuzasidan o’tkazilgan tajriba 12 hafta davom etib, unda ozish istagida bo’lgan 93 ayol qatnashadi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratiladi. Parhez uchun tanlangan kam kaloriyali taom birinchi guruhga ertalab, ikkinchisiga esa kechki ovqat mahali beriladi. Oradan ikki hafta o’tib, ishtirokchilarning tana vazni qayta o’lchanganida birinchi guruhdagilar natijasi, ikkinchi guruhdagilarnikiga qaraganda yaxshiroq chiqdi. Shunga ko’ra mutaxassislar ozishni istaganlarga ertalab nonushta qilishni tavsiya etmoqda.