Frantsiyaning Renault avtokontserni “Moskvich” brendi ostida mashinalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, Rospatentga bu boradagi murojaat 7 oktyabr kuni amalga oshirilgan. Qonunda bu tovar belgisini himoya qilishga ko'rsatilgan muddatlar o'tib bo'lgan.
“Moskvich” Frantsiya kompaniyasiga o'rta narxdagi mahsulotlarni arzonlaridan ajratish uchun kerak bo'lib qolgan. Yevropada Logan, Duster va Sandero Ruminiyaning Dacia markasi ostida sotiladi. Rossiyada esa arzon mashinalar butun Renault model qatoriga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Shu bois, aftidan, ular “Moskvich”ni Renault’ning o'zini arzon mahsulotlar sektoridan olib chiqish uchun olmoqchi”. – dedi “VTB-Kapital” tahlilchisi Vladimir Bespalov.