Rim papasi Fransisk sentabrda Armanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Armaniston va barcha armanlar katolikosi huzuridagi maslahat organi — apostol cherkovi oliy diniy kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Yig‘ilishda, shuningdek, arman cherkovining o‘tgan yildagi faoliyati yakunlari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, uning ijtimoiy dasturlariga kam ta’minlangan oilalardan ming kishi, yetimlar jalb etilgani, 200 ming kishi moliyaviy va moddiy yordam olayotganligi qayd etildi.