Rolls-Royce kompaniyasi Anqaraga Turkiyada yaratiladigan birinchi qiruvchi samolyotni o'zining EJ200 dvigateli bilan jihozlashni taklif qildi , deb xabar bermoqda DefenseNews nashri.
TFX ishchi nomi bilan yaratilayotgan bu samolyotlarning ilk sinovlari 2023 yilda o'tkazilishi taxmin qilinmoqda.
EJ200 dvigateli Rolls-Royce, MTU, Avio va ITP kompaniyalarining birgalikdagi ishlanmasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o'lchami kichikroq va soddaroq dvigatel ishlab chiqarishmoqchi, bu dvigatel qolgan shunday turdagi dvigatellarga nisbatan kamroq yonilg'i sarflaydi.