Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi “Roma”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh qizchaga xursandchilik ulashdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.
17-fevral, chorshanba oqshomida “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinga Ronalduni yosh qizaloq hamrohligida maydonga tushib keldi. Turnir madhiyasi yangrashi oldidan portugaliyalik futbolchi qizchaning yuzidan o‘pib qo‘ydi. Qizaloqning yuz ifodasi va harakatlaridan bolalarcha xursandchilikni payqash qiyin emasdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Rimdagi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biriga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.