Britaniyalik rejissyor o’zining yangi filmi
bilan omma e’tiborini tortdi. E’tiborli tomoni shundaki, film voqealari
tomoshabinning syujetga bo’lgan reaksiyasi natijasida o’zgaradi. Aleksis
Kirkning "Many Worlds”(Ko’p dunyolar) filmi Buyuk Britaniyaning Plimut
Universiteti kompyuter musiqasi xalqaro distsiplinar markazida ishlangan.
Ekrandagi sensorlar yurak urishi chastotasi, miya faolligi, mushaklar
siqilishini aniqlashga qodir. Odamlar film syujetini qanday
qabulqilayotganlariga qarab, film oxiri 4 xil tugaydi. Agar kinoni ko’rish
jarayonida sizda hech qanday o’zgarish bo’masa, voqeealar rivoji tubdan
o’zgarib ketadi. Agar ekrandagi jarayonlar sizni qattiq qo’rqita boshlasa,
keying syujetlar tinchlantiruvchi tempda boradi. Saundtrek ham yuqorida aytib
o’tgan sensorlar yordamida emotsiyani kuchaytirish uchun o’zgarib turadi.
"Many
Worlds” filmi 23 – fevralda Peninsula Arts Contemporary Music Festivalda Buyuk
Britaniyaning Plimut shahrida omma e’tiboriga havola etilgan. Manba: informir.net