Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahriga Chevrolet Tracker va Chevrolet Aveo avtomobillari olib keltirilgani aks etgan suratlar chop etildi. Bu haqda "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker avtomobili ham ishlab chiqarilishi mumkin, biroq qachonligi aniq emas. Izoh qoldirganlarning aksariyati Tracker’ga ancha yuqori baho bergan. Aveo esa Nexia, Lacetti yoki Cobalt o‘rnini bosishi taxmin qilingan.