Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi "Roma" - "Real" bellashuvida rimliklar yetakchilari maydonga tushishlari mumkin, deb yozadi "Championat.asia".
"Roma" yarim himoyachilari Franchesko Totti va Daniele De Rossi jarohatlaridan forig' bo'lishgan va "Real"ga qarshi bahsda maydonga tushishga shaylar.
De Rossi 2 fevraldan, Totti 30 yanvardan buyon maydonga tushishmagandi.