“Al-Qoida” guruhi jangarilari Yaman janubidagi Axvar shahrini egallab oldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, jangarilar shahar ko‘chalariga blokpostlar o‘rnatgan va munitsipalitet binosi tepasiga o‘z bayrog‘ini osib qo‘ygan.
Ekspertlar fikricha, Axvarning zabt etilishi “Al-Qoida”ga Yamanning ushbu qismida o‘z ishtirokini kuchaytirish imkonini beradi.
Yamanda qurolli nizolar 2014-yildan buyon davom etmoqda. Isyonchi xusiylar hamda armiyaning sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq qismi o‘zlari quvib chiqargan prezident Abdu Rabbu Mansud Hodiy qo‘shinlariga qarshi jang qilmoqda. “Al-Qoida” ushbu qurolli nizoning ishtirokchilaridan biridir.
Manba