Yaman milliy armiyasi xalq qarshilik kuchlari ko‘magida mamlakat hududining 85 foizdan ortig‘ini isyonchi xusiylar va sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari nazoratidan ozod qildi. Bu haqda Yaman prezidenti Abdu Rabbu Mansud Hodiy Saudi Gazette nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodiy xusiylar tomonidan egallab olingan poytaxt Sano Taiz shahri va Xudeyda porti ustidan nazorat o‘rnatilgach, ozod etilishiga ishonch bildirdi.
Yaman prezidenti Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab mamlakatlari koalitsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan operatsiya ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi va ushbu operatsiya amalga oshirilmaganida Yaman to‘rt kun ichida “yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi” deya qayd etdi.
Manba