AQSh prezidenti davlat rahbari vasifasini bajarish muddati nihoyasiga yetgach, yana bir necha yil Amerika poytaxtida yashamoqchi, deb yozadi "KUN.UZ".
Bu haqda u Viskonsin shtati Miluoki shahrida unga mamlakatning sog'liqni saqlash tizimi masalasida maktub yo'llagan amerikaliklar bilan uchrashuvda gapirdi, deb xabar beradi TASS.
Prezidentlik muddati tugagach qaerda yashamoqchi ekanligi to'g'risidagi savolga u: Hali bir qarorga kelmadik. Kichik qizim Sasha maktabni tamomlab olishi uchun Vashingtonda yana bir necha yil yashaymiz. O'quv yilining o'rtasida ko'chish qiyin muammo”, -deb javob berdi.
Kelgusi yil yanvar oyida Obama davlat rahbari vazifasidan ketadi. Shu paytda uning kichik qizi 15 yoshda bo'ladi, katta qizi 17 yoshli Maliya shu yil bahorda maktabni tamomlab, kuzda kollejda o'qishini davom ettiradi.
Vakolat muddati nihoyasiga yetgan amerikalik prezidentlar, qoida bo'yicha, poytaxtdan ko'chib ketadilar. Poytaxtda qolishga qaror qilgan eng oxirgi prezident Vudro Vilson (1913-1921) bo'lgan. U salomatligi yomonligi tufayli Vashingtondan ketmagan.
Mahalliy OAV Illinoys shtati sobiq senatori Barak Obama Illinoysga qaytmaydi, keyinchalik u Kaliforniya yoki Nyu-Yorkda yashaydi, deb fikr bildirishmoqda.