Internetda ikkinchi avlod Chevrolet Niva yo'ltanlamasining suratlari paydo bo'ldi. Suratlar Rossiyaning Rospatent agentligi bazasida joylashtirildi.
Ekspertlarning suratlar asosida xulosa qilishicha, model 2014 yili Moskva avtosalonida ko'rsatilgan shu nomli kontsept-kar uslubida ishlangan. Prototip 1.8 l li 135 ot kuchiga ega Peugeot dvigateli, 5 bosqichli mexanik transmissiya bilan ta'minlangan.
Mashinani ishlab chiqarish 2015 yilning oxirida Tolyattidagi GM-AvtoVAZ zavodida boshlanishi kutilayotgan edi.
Korxona qurilishining boshlanishi 2013 yilning o'rtasida e'lon qilingan edi. May oyida korxona qurilishi vaqtinchalik to'xtatilgani aytildi. Endilikda loyiha davom etishi e'tirof etilmoqda.