Chevrolet kompaniyasi Silverado pikapining maxsus versiyasi — Midnight Edition (“Tunkezar versiya”)ni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”.
Modifikatsiya oddiy modeldan kuzovning qora rangi va tashqi elementlar, jumladan radiator panjarasidagi marka emblemasi, faralar hoshiyalari bilan farq qiladi.
Versiya Z21 yo‘ltanlamas komplektatsiyasiga asoslandi. U tog‘dan tushishda ko‘mak tizimi, farkop, qizish funksiyasi va elektr simlarga ega ko‘zgular hamda Goodyear Wrangler DuraTrac pokrishkali 18 dyuymli qora g‘ildirak disklari bilan jihozlandi.
Chevrolet Silverado pikapi 285 ot kuchiga ega 4,3 litrli V6 dvigateli, 355 ot kuchiga ega 5,3 litrli “sakkizlik”, shuningdek 420 ot kuchiga ega V8 dvigatellari bilan taklif etiladi. Model 26,1 ming dollardan 38,3 ming dollargacha narxda sotiladi.