Kievning Dinamo jamoasi futbolchisi Andrey Yarmolenkoga Xitoy klublaridan taklif tushgandi, deb yozadi "Championat.asia".

26 yoshli futbolchiga Xitoy jamoalaridan biri 12 million evro maosh taklif qilgandi. "Dinamo"ning o'ziga esa futbolchining transferi uchun 50 million yevro taklif qilingan. Biroq, klub ushbu taklifga rad javobini bergan.