Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 25–27-mart kunlari Toshkentda yapon filmlari kunlarini o‘tkazadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Elchixona bergan ma’lumotga ko‘ra, tadbir doirasida Kinochilar uyida beshta badiiy va ikkita animatsion film ko‘rsatiladi.
Yapon kinosi kunlari 25-martda mashhur rejissor va dramaturg Kendzi Nakanisining “Gullar mavsumidan so‘ng” filmi (2009) bilan ochiladi.
26-mart kuni Makoto Sinkayning “Olis yulduz sadosi” (2002), Osamu Tedzukaning “Astoroboy” (1981) animelari, Sinobu Yagutining “Suzuvchilar” (2001), Ryuiti Inomataning “Xattot qizlar” (2010) filmlari namoyish etiladi.
Yakuniy 27-mart kuni namoyish etiladigan kartinalar: soat 13:00 da Masaxiko Sugavaning “Asaxiyama hayvonot bog‘i: Osmondagi pingvinlar” (2008), Kendzi Nakanisining “Gullar mavsumidan so‘ng” (2009), Takasi Yamadzakining “Har doim: Uchinchi avenyuda kun botishi” (2005) filmlari namoyish etiladi.
Kino namoyishlariga kirish bepul.
Manba