Pahlavaga ham xuddi do'lma kabi bir necha millat vakillari da'vogarlik qilishadi. Balki rostdan ham pahlava bizning oshxonamizga boshqa qardosh millat oshxonalaridan kirib kelgandir. Biz bu xususda bahs yuritib o'tirmaymiz, aytmoqchi bo'lganimiz shuki, bizning diyorlarda ham pahlavani sevib iste'mol qilguvchilar etarlicha topiladi. Qolaversa, ushbu shirinlikni har kim o'ziga qulay tarzda va bilganicha tayyorlashiga shubha yo'q.