Desert uchun ajoyib tanlov!
Zarur masalliqlar: 100 gr margarin, 100 gr smetana, 1 stakan shakar, 250-300 gr un, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich (razrxlitel). Nachinkasi uchun : 200 gr tvorog, 2 dona tuxum, 2-3 ta olma, 150 gr maydalangan yong'oq.
Tayyorlanishi:
1) Yong'oqni quruq tovada 10-15 daqiqa qovurib, xovonchada maydalang. Idishga unni elab, xamir yumshatgich, shakar va saryog'ni qo'shib, aralashtiring. So'ng qovurilgan yong'oqni qo'shing. Aralashma uvalanuvchi xamir ko'rinishida bo'ladi.
2)Tvorogga tuxum, smetana va ta'bga ko'ra shakarni qo'shib, aralashtiring. Olmalarni yupqa parak shaklida kesib, aralashmaga qo'shing.
3)Pishiriq qog'ozi solingan patnisga uvalanuvchi hamirning bir qismini solib, ustidan nachinkani tekislab joylang. So'ng xamirning qolgan qismini ham solib, pirog ustini qoplang.
4)Pishiriqni 200 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishiring. Pishgach ustini qand upasi bilan bezatish mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
Manba: www.BePuL.NeT