Zarur masalliqlar: bitta lavash xamiri, 3 ta qaynatilgan tuxum, 200 gr krab tayoqchalari, 3 osh qoshiq mayonez.
Tayyorlanishi: 1. Lavash xamirining yuzasiga mayonez surting.
2. Ustidan kirg'ichdan o'tkazilgan tuxumni sepib chiqing.
3. To'rtburchak shaklda to'g'ralgan krab tayoqchalarini joylab, lavashni rulet shakliga keltiring. So'ng shu holicha tsellofanga o'rab, muzlatkichga qo'ying. Dasturxonga tortishdan oldin bo'laklarga ajratib, kesib chiqasiz.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.
5 kishilik.