Zarur masalliqlar: 500 gr karam, yarim piyola suv, 1 stakan un, 1 stakan smetana yoki qatiq, 2 dona tuxum, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich, 2 osh qoshiq o'simlik yog'i, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Karamni mayda somoncha shaklida to'g'rab, yog' solingan tovada qovurib oling. Ta'bga ko'ra tuz, ziravorlar va suv solib, dimlang.
2. Un, qatiq, tuxum, smetana, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring. Masalliqlarga sovutilgan karamni qo'shing.
3. Pishiriq qolipi yoki tovaning tagini yog'lab, karamli xamirni soling. Pirog qizdirilgan gaz pechining 200 daraja haroratida pishiriladi.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.
4 kishilik.