Zarur masalliqlar: 600 gr. yog'siz mol go'shti, 600-700 ml. sut, 100 grammdan sariyog' va pishloq, 2 bosh piyoz, 300 gr. shampinon qo'ziqorini, 3 osh qoshiq un, 2 dona pomidor, yong'oq, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go'shtni o'rtacha kattalikda to'g'rab, toblama qolipiga soling. Tuz, murch seping.
2. Piyozni halqa shaklida to'g'rab, go'sht bo'laklarining ustiga qo'ying.
3. Tovaga sariyog'ni solib, past olovda eriting. 3 osh qoshiq un qo'shib, aralashtirib turing. So'ngra sut solib, tuz, murch seping-da, maydalangan yong'oqni qo'shing.
4. Tayyor sousning uchdan bir qismini go'sht ustidan quying.
5. Qo'ziqorinlarni yupqalab to'g'rab, go'sht toblamasi ustiga joylab, yana sousdan quying.
6. Pomidorni o'rtacha kattalikdagi bo'laklarga bo'lib, uni ham soling. Keyin qolgan sousni quying. 6. Oxirida qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni sepib, toblamani 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga qo'ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.
6 kishilik.