Zarur masalliqlar: Xamiriga: 120 ml. qaynoq suv, 1 choy qoshiq xamirturush, 1 choy qoshiq tuz, 1,5 qoshiq shakar yoki asal, 1 osh qoshiq kungaboqar yog'i, 200-250 gr un. Ichiga solishga: 150 gr ketchup, 100 gr.dan pishloq hamda dudlangan go'sht, 1 dona tuxum va ko'katlar.
Tayyorlanishi: 1. O'rtacha kattalikdagi idishga qaynoq suv, shakar va xamirturushni solib, aralashtiring. Aralashmani 5 daqiqaga qoldiring.
2. Dudlagan go'shtni parrak shaklda to'g'rang. Tuxumni piyolaga solib atalang.
3. Xamirturush ko'pirib chiqqach, tuz, kungaboqar yog'i va unni qo'shib, xamir qoring.
4. Tayyor ko'rinishga kelgan xamirni taxminan 25 x 40 sm.lik shaklda yoyib, yuzasiga ketchup surting. Ustidan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqning yarmini sepib, so'ng dudlangan go'shtni tering.
5. Pitstsa ko'rinishiga kelgan xamirni rulet shaklida o'rang. Yuzasiga atalangan tuxumni surting. Rulet shaklida taxminiy bo'laklarga ajratib, pichoq bilan belgilab oling. So'ngra pishloqning qolgan yarmi va ko'katlarni seping. Ruletni pitstsa qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, yuzasi qizargunicha pishiring.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
5 kishilik.