14.03.2015, 15:22
  /  
Pishiriqlar
Zarur masalliqlar: 250 gr qatlama xamir, 200 gr pishloq, 2 dona tuxum, 3 bog' ko'k piyoz, bitta bosh piyoz, bitta pomidor yoki 50 gr qoqisi, 3 osh qoshiq smetana va tuz.
Tayyorlanishi: 1. Ko'k piyozni to'g'rab, 5 daqiqa tovada qovurib oling. Tuz solish yodingizdan chiqmasin.
2. Tuxum va smetanani birga atalang.
3. Qolipga pishiriq qog'ozini soling. Yoyilgan xamirni qolipga moslab joylashtiring.
4. Xamirga qovurilgan piyoz va pomidor bo'laklarini soling. Ustidan tuxum va smetana aralashmasini quying. So'ng pishloqni qirg'ichdan chiqarib, sepasiz. Pirogni gaz pechining o'rta haroratida pishirasiz.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
4 kishilik.
Pazandalar sandig'idan...