Zarur masaliqlar: 400 gr qatlama xamir, 150 gr.dan tovuq go'shti va qo'ziqorin, 2 bosh piyoz, 3 dona kartoshka, 100 ml. sut, 100 gr pishloq, 3 osh qoshiq kungaboqar yog'i, ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go'shtini somoncha shaklida to'g'rang. Archilgan piyoz va kartoshkani to'rtburchak shaklida kesasiz.
2. Qo'ziqorinni chayib, so'ng parrak qilib to'g'rang. Qizdirilgan tovaga kungaboqar yog'idan solib, to'g'ralgan masalliqlarni 5 daqiqa davomida qovurib oling. Tuz, murch va sutni qo'shib, 2-3 daqiqaga dimlab qo'ying.
3. Xamirni ikki bo'lakka ajrating-da, har birini 0,5 sm qalinlikda yoying. Birinchi bo'lagining ustiga masalliqlarni joylab, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni seping.
4. Ikkinchi xamir bilan pirogni ustini yoping. Yuzasiga atalangan tuxum surtishni unutmang. Pirog qizdirilgan gaz pechining 180-200 daraja haroratida pishiriladi.
Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa.
6 kishilik.