Zarur masalliqlar: 350 grammdan saryog' va shakar, 200 gr. un, 4 ta nok, 4 dona tuxum, 50 ml. suv, yong'oq, 2 choy qoshiq xamir yumshatgich, tuz.
Tayyorlanishi:
1. Nokni po'stidan tozalab, 4 bo'lakka bo'ling.
2. Suv va 50 gr. saryog'ga 100 gr. shakar qo'shib, past olovga qo'ying. Shakar erigach, noklarni soling. Nokning suvi ajralib, qiyom tilla rangga kirgach, olovni o'chiring.
3. Qolgan saryog'ni mikser yordamida ko'pirtirib, shakar qo'shing. Yana ko'pirtirishda davom eting. So'ngra tuxum qo'shib aralashtiring. Un va yumshtagich solib, xamir tayyorlang.
4. Xamirni aylana shakldagi yog'langan qolipga joylab, ustidan nokli qiyomni soling. Keyin maydalangan yong'oq seping. Pirogni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo'ying. 6 kishilik. 1 soatu 30 daqiqa.