Paris Motor Show ko‘rgazmasida Lamborghini kompaniyasi o‘zining gibrid avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi. Bunga asoslanib "Parol" xabar berdi.
Avtomobilning to‘liq nomi Asterion LPI 910-4 bo‘lib, u 910 ot kuchiga ega. Ushbu quvvatning 300 ot kuchi barobari elektr dvigateldan keladi. Avtomobil 300, 610 yoki to‘liq 910 ot kuchi bilan ham harakatlanishi mumkin.
Lamborghini Asterion 3 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi va soatiga 320 kilometr tezlik bilan harakatlanishi mumkin. Elektr dvigateli bilan esa 50 kilometr yo‘l bosa oladi.
Asterion kabi gibrid avtomobillar kam sonli. Hozirda Ferrari’ning LaFerrari va McLaren’ning P1 gibrid avtomobillari mavjud.