Mercedes – Benz A 45 AMG 4,6 sekundda 100 km/soat tezlikka chiqa oladi, maksimal tezligi esa 250 km/soat.
Mercedes – AMG sport bo’linmasi bugungi kunda A – class darajasidagi xetchbeklarining eng mustahkam versiyasini tayyorladi. Mercedes – Benz A 45 AMG premerasi Jenevadagi avtosalonda bo’lib o’tadi, sotuvga esa iyun oylaridan chiqa boshlaydi. Xetchbekni hayratlanarli tarzda ajoyib tuzilgan. A 45 AMG harakatini 1991 kub sm o’lchamga ega 4 silindrli turbomotor ta’minlaydi. Mercedes ushbu motorni hozirgi kundagi eng zo’r 4 silindrli turbomotor ekanligini ta’kidlamoqda. Avtomobil uchun chiqish va sovutish sistemalari maxsus tayyorlangan. Motor Evro – 6 normalarini qoniqtiradi va 100 km yo’l uchun 6,9 litr benzin sarflaydi. Motorning tejamkorligi start/stop sistemasiga moslashtirilgan, ya’ni йшыйф мфйедш to’xtashlarda yoqishni vaqtinchalik to’xtatib turadi. Uzatish korobkasi o’rniga muhandislar 7 darajali, qo’l boshqaruviga ham o’tkazsa bo’ladigan AMG SpeedShift DCT "robot”laridan foydalanishgan. Ishlab chiqaruvchilar podveska, rul boshqaruvi va interer dizayni borasida ham anchagina ter to’kishgan.